FOTOSTUDIYA QOIDALARI
1. Umumiy shartlar.
1.1. Asosiy atamalar
Fotostudiya – bu fotosessiyalar tashkillashtirish va suratga olish ishlari uchun zallarni ijaraga berish bo`yicha xizmat ko`rsatuvchi yuridik shaxs.
Mijoz – bu Fotostudiya xizmatlaridan foydalanishni maqsad qilgan (jismoniy yoki yuridik) shaxs.
Administrator – Fotostudiya xodimi. Administrator Fotostudiyaning tegishli vakolatlariga ega.
Murojaat - bu Mijozning Fotostudiyaga murojaati.
Bron qilish - bu Fotostudiyada sana, vaqt va soatlar miqdorini kelishish jarayoni.
Bron - bu mijoz tomonidan 100% miqdorda to`lov qilingan Murojaat.
Fotosessiya - bu Fotostudiyaning ijaraga berish va studiya Fotografining ishidan iborat bo`lgan xizmati.
Studiya fotografi - bu Fotostudiya bilan hamkorlikda ish yurituvchi fotograf.
1.2 Fotostudiya har kuni 9:00dan 19:00gacha (dam olishlarsiz) oldindan yozilish bo'yicha ishlaydi.
Kechgi soatlarda va 9:00gacha bo`lgan vaqtda ishlash alohida kelishiladi va narx qo`yiladi.
1.3. Fotostudiya o`zini tabiiy yorug`likdan foydalanuvchi Fotostudiya deb ta'kidlaydi va yoritish uskunalariga ega emas.
1.4. Fotostudiya mijoz bilan kelishilmagan holda dekoratsiyalarni o`zgartirish huquqiga ega.
1.5. Fotostudiya qoidalarida aniq ko`rsatilmagan har bir holat Administrator bilan oldindan kelishiladi.
1.6. Administrator nazorat qilish maqsadida suratga olish maydonchasiga kirish huquqiga ega. Agar bu suratga olish jarayoniga halal beradigan bo`lsa, ushbu masalani oldindan kelishiladi.
1.7. Zallarni ko'rib chiqish oldindan murojaat qilish orqali soat 10:00dan 18:00gacha, zal bo`sh bo`lgan vaqtda amalga oshiriladi.
1.8. Zal ijarasiga 3 kishigacha bo'lgan suratga olish guruhi kiritilgan. Agar suratga olish guruhi 3 kishidan ortiq bo'lsa, menejerdan qoshimcha tolovni aniqlashtring.

2. Bron qilish va to`lov.
2.1. Fotostudiya Telegram bot, Direct Instagram, Facebook Messenger orqali oldindan bron qilinadi.
2.2. Minimal ijara vaqti - 1 soat.
2.3. Bron qilish paytida studiya xizmatini tanlash kerak: fotografsiz zalni ijaraga olish yoki fotograf bilan Fotosessiya.
2.4. Zal ijarasi uchun to`lov tanlangan xizmatdan qat'iy nazar bron qilingan paytdan boshlab 24 soat ichida 100% miqdorida amalga oshiriladi.
2.5. Agar to`lov amalga oshirilmagan bo'lsa, bron avtomatik tarzda bekor qilinadi.
2.6. Fotosessiya uchun to`lov zalni ijaraga olish to`lovi va Fotograf ishi uchun to`lovidan iborat. Fotograf ishi uchun to`lov fotosessiya oxirida 100% miqdorda amalga oshiriladi.
2.7. To`lov studiya Administratoriga berilishi mumkin, shuningdek Fotostudiya yuridik shaxsining rekvizitlariga Click yoki Payme orqali elektron to`lov amalga oshirish mumkin.
2.8. Mijoz ijara haqi to`langandan keyingina zalga kirish huquqiga ega.
2.9. Suratga olish jarayonida to`rttadan ortiq kishi ishtirok etganda, ishtirokchilar soni va ijaraning umumiy vaqtiga qarab zalni ijarasi narxi oshadi. Zal ijarasining aniq narxini bron qilayotganda Administratordan aniqlab oling.
2.10. Xizmatlar uchun to`lov qilishi – bu Fotostudiya qoidalariga rozi bo`lishni anglatadi.

3. Fotostudiya bronini bekor qilish qoidalari.
3.1 Bronni bekor qilish uchun Administratorga murojaat qilish kerak. Bekor qilish bron qilgan Mijoz tomonidan amalga oshiriladi.
3.2 To`lovni yo`qotmasdan bronni bekor qilish uchun ijara kunidan kamida 7 kun oldin murojaat qilinadi. Agar bron ijara kunidan 7 kun oldin va 3 kundan oldinroq bekor qilinsa, to`lovning 50% miqdori Fotostudiya tomonidan ushlanib qoladi.
Agar bron ijara kunidan 3 kun oldin bekor qilinsa, to`lovning 100% miqdori Fotostudiya tomonidan ushlanib qoladi.

3.3 Karantin e`lon qilingan holatda to`lov qaytarilmaydi. Bron qulayroq vaqtga ko`chiriladi.
3.4 Bron vaqtini o`zgartirish uni bekor qilishga teng, ya`ni mijoz to`lovni yo`qotmasdan bron vaqtini o`zgartirish uchun kamida 7 kun oldin murojaat qilishi lozim.
3.5 To`lovni qaytarish bank rekvizitlari ko`rsatilgandan keyin bank va to`lov tizimlari komissiyalari hisoblab olingan holda Mijozning plastik kartasiga uch ish kuni ichida amalga oshiriladi.

4. Ijara vaqti.
4.1. Fotostudiya broni boshlanishi - bu Mijoz studiyaga yetib kelgan vaqt emas, balki Mijoz oldindan belgilagan vaqt hisoblanadi. Shuningdek bron tugashi suratga olish tugagan vaqt emas, balki Mijoz zalni tark etadigan vaqt hisoblanadi.
4.2. Agar Mijoz kechiksa, bron vaqti uzaytirilmaydi. Agar Mijoz 30 daqiqadan ko`proq kechiksa, bu haqda xabar berishi lozim, aks holda Mijoz fotosessiyaga kelmagan deb hisoblanadi va Fotostudiya zalni boshqa Mijozga berishga haqli.
4.3. Agar Fotostudiya zali bo`sh bo`lsa, Mijoz qo`shimcha to`lov bilan bronni uzaytirishi mumkin (buni Fotostudiya Administratoridan aniqlab oling).
4.4. Bron vaqti tugagandan so`ng barcha ishtirokchilar zalni tark etishlari kerak. Mijoz zalni tartibga keltiradi va Administrator zalni tekshirib olguniga qadar studiyada qoladi. Bron vaqti belgilangan vaqtdan 5 daqiqa oldin tugaydi (agar dekoratsiyalarda katta o`zgarishlar bo`lmasa va tozalash talab qilinmasa).

5. Tomonlarning huquqlari va majburiyatlari.
5.1. Fotostudiya Mijozdan to`lov olish sharti bilan uning buyurtmasiga binoan mijozga tegishli zallar, dekoratsiyalarni taqdim etishni o`z zimmasiga oladi.
5.2. Fotostudiya Fotosessiyaga yozib qo`yishni va suratga olish o`z vaqtida boshlanishini ta`minlab berishni o`z zimmasiga oladi.
5.3. Fotostudiya qoldirib ketilgan buyumlar uchun javobgar emas, lekin ularni saqlab qolishga imkon qadar harakat qiladi. Saqlash muddati – 10 kun.
5.4. Fotosessiya jarayoni va natijasi uchun Fotostudiya javobgar emas.
5.4. Mijoz fotosessiya ishtirokchilariga, shu jumladan bolalarga ham almashtirish uchun toza poyabzal kerakligi to`g`risida ogohlantirishni o`z zimmasiga oladi. "Home" va "Kinder" zallarida faqat almasgtiriladigan toza poyabzalda ishlash mumkin.
5.5. Fotostudiyaning jihozlari, aksessuarlari, interyeri va boshqa mol-mulkining buzilishi va shikastlanishi uchun mijoz to`liq moliyaviy javobgarlikni o`z zimmasiga oladi va zararni qoplaydi. Zarar miqdorini Administratordan aniqlab olish kerak.
5.6. Fotostudiyani bron qilish vaqti tugagandan so`ng, mijoz xonani brondan oldingi holatga keltirib qo`yadi.
5.7. Mijoz Fotostudiyada bolalar bilan birga bo`lgan paytda xavfsizlik choralarini ko`rishi shart. Bolalarni qarovsiz qoldirmang. Xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik tufayli sog`liqqa yetkazilgan zarar uchun studiya Ma'muriyati javobgar emas!
5.8. Fotostudiyada barcha jihozlar yaroqli holatda. Zallarda ish boshlaganda Mijoz har qanday sodir bo`lgan hodisalar va ularning oqibatlari (xavfsizlik choralari, mijozlar bilan shartnomaviy munosabatlar, suratga olishga taklif qilingan ishtirokchilarning harakatlari va boshqalar) uchun shartlarni qabul qiladi va javobgarlikni to`liq o`z zimmasiga oladi.
5.9. TAQIQLANADI:
- Suratga tushish maydonchasida har qanday maxsus effektlar: tutun, suyuqlik, feyerverklar, bengal olovlari, zarlar, sun'iy qor va boshqalardan foydalanish.
- Studiya devorlariga yopishqoq qog'ozlar va skotch yopishtirish, devorni teshish va jihoz o'rnatish.
- Har qanday hayvonlar bilan suratga tushish.
JARIMA 10 000 000 SO'M.

6.0. Suratga olish ishtirokchilaridan birortasi noo`rin xatti-harakatlar qilgan yoki Fotostudiya xodimlarining ishiga halal bergan holatlarda studiya Administratori suratga olish ishlarini to`xtatishga va ishtirokchilardan Fotostudiyani tark etishlarini so`rashga haqli.
6.1. Mijoz ushbu qoidalarning mazmunini suratga tushish ishtirokchilariga yetkazish uchun javobgardir va ishtirokchilar harakatlari uchun to'liq moddiy javobgarlikni o'z zimmasiga oladi, qoidalarga rioya qilinmaganda yoki mulkka zarar yetkazilgan holatlarda zararni qoplashga majbur.
6.2. Qo'shimcha yoritish uskunalari bilan suratga olishda siz administrator bilan bog'lanishingiz kerak, chunki studiyada standart 220V simlar mavjud va qo'shimcha generator yo'q. 6.3. Elektr uzilishlari uchun studiya javobgar emas.