7000 dan ziyod oilalar oilaviy shirin lag'zalarni tarixga muhrlashni bizga ishonib topshirganlar
Oilaviy baxtni tarixga muhrlab qo'yishni istaydiganlar uchun
OILAVIY FOTOSTUDIYA
EST.2014
Hayotning asosiysi va qadrlisi – bu oiladir.

Avval sen tug'ilib o'sgan oila,
So'ngra sen yaratgan oila.

Fotostudiya haqida
2014 yilda Family Studio oilaviy fotostudiyasini yaratishimizdan maqsad, biz interyer go'zalligiga bo'lgan ishtiyoq, shinamlikka bo'lgan muhabbat va rassomlar professionallizmini o'zimizda jamlash.

Va nihoyat biz bunu uddaladik. Bugungi kunda bizning fotostudiyamiz doimiy baxt, sevgi va bolalar kulgusi bilan limmolimdir.

Biz sizlarning oilangiz tarixini yaratamiz.
Biz 5 yil ichida 10000dan dan ortiq chin minnatdorchilik so'zlarini eshitganimizdan baxtiyormiz.
Umumiy maydoni 240 kv.metrga teng bo'lgan mukammal tabiiy yorug'lik va ishimizga bo'lgan muhabbatimiz bilan to'ldirilgan uchta hashamatli zal.
Doim urfda bo'lish qanchalik muhim erkanligini yaxshi bilamiz!
Har bir zal interyeri mehr va muhabbat bilan yaratilgan.
Uchta zal tanlovi
Betakror dekoratsiyalar
Tajriba va professionallik
5 yildan ortiq kunlik mehnat va tajriba. O'z hikoyalarining quvonchli fotosuratlarini olgan 6000dan ortiq mamnun oilalar.
Hamjihat jamoa
Biz mehmonlarimizni juda yaxshi ko'ramiz va hushmuomala administratorlarimiz sizga yordamga kelishga doim tayyordirlar.
Family Studio — bu:
Bizning asosiy maqsadimiz, hayotning muhim damlarini muxrlab qoyish uchun eng chiroyli va fayzli joy bo'lishdir

Biz ezgulikka, go'zallikka va ishimizga bo'lgan muhabbatimizga ishonamiz!
Studiya qanday suratga olish jarayonlarini taklif qilishi mumkin?
Siz bizning studiyamizda istalgan sabab bo'yicha yoki hech qanday sababsiz o'zingizni yoki yaqin insoningizni xursand qilish uchun fotosessiya o'tkazishingiz mumkin.
Close
Biz bilan bog'lanish

Barcha savollaringizga bajonidil javob beramiz!
Telegram
Messenger
Phone
Biz har kuni DAM OLISHSIZ 9:00dan 19:00gacha ishlaymiz
ДЕНЬ РОЖДЕНИЯ
БЕРЕМЕННЫЕ
ДЕТСКИЕ
ДЕНЬ РОЖДЕНИЯ
БЕРЕМЕННЫЕ
ДЕТСКИЕ
СЕМЕЙНЫЕ
ДЕНЬ РОЖДЕНИЯ
БЕРЕМЕННЫЕ
СЕМЕЙНЫЕ
БЕРЕМЕННЫЕ
ДЕТСКИЕ
СЕМЕЙНЫЕ
ДЕНЬ РОЖДЕНИЯ
ДЕТСКИЕ
СЕМЕЙНЫЕ
ДЕНЬ РОЖДЕНИЯ
ДЕТСКИЕ
Left
Right
Left
Right
Left
Right
Studiyada qanday zallar mavjud?
Studiyamizda uchta zal mavjud: "Home", "Kinder " va" Light ". Bu zallarning istalganini ijaraga olib sevimli fotografingiz bilan fotosessiya o'tkazishingiz yoki suratga olish to'plamlaridan birini tanlashingiz mumkin.
Studiyada qanday zallar mavjud?
Studiyamizda uchta zal mavjud: "Home", "Kinder " va" Light ". Bu zallarning istalganini ijaraga olib sevimli fotografingiz bilan fotosessiya o'tkazishingiz yoki suratga olish to'plamlaridan birini tanlashingiz mumkin.
Ha! Istalgan zalimizni ijaraga olishingiz va fotosessiyaga o'zingizga yoqqan fotografni taklif etishingiz mumkin.
— Hafta kunlari / Dam olish kunlari
"Home"
275 000 / 330 000
soatiga... UZS
Studiyani ijaraga olish mumkinmi?
— Hafta kunlari / Dam olish kunlari
"Kinder"
220 000 / 275 000
soatiga... UZS
— Hafta kunlari / Dam olish kunlari
"Light"
275 000 / 385 000
soatiga... UZS
4ta ishtirokchigacha bo'lgan suratga olish (suratga olish guruhidan tashqari)

5chi ishtirokchidan boshlab har bir odam uchun +50000 uzs
Maureen Zehring
Fotosessiya narxi qancha?
Fotosessiya narxi zal ijarasi va fotograf xizmatidan iborat.
Yani zal ijarasi + fotograf xizmati 700 000 so'm/soat.
Masalan: "Home" zalida
275 000 + 700 000 = 975 000
Fotosessiyaga qanday yozilish mumkin?
1
Zalni tanlaysiz
Studiyaya 3ta zal bor:
Home, Light, Kinder.
2
Fotografni tanlaysiz
Sizga fotograf tanlashda yordam berasiz.
3
Sanani tanlaysiz va zal ijarasi uchun to'lov qilasiz
To'lov summasi bron qilingan vaqtdan boshlab 24 soat ichida studiya menejeriga taqdim etiladi.
4
Fotosessiyaga aytilgan vaqtda yetib kelasiz
Fotograf xizmati uchun to'lov fotosessiya kuni shaxsan fotografga taqdim etiladi
Mijozlarimiz fikrlari
Madina Umrzakova
"Madina Wedding" bayramlar tashkilotchisi
@madinawedding
    Farzandlarim bilan o'tkazgan vaqtim men uchun eng qadrlisi. Bu damlarni bir umrga muhrlab olish imkoni bo'lsa — bu bebaho imkoniyat. Bu safar suratga olish, barcha detallarga qalbining bir bo'lagini va ishiga bo'lgan ulkan muhabbatini joylashtirgan, shahrimizning eng fayzli studiyasida bo'lib o'tdi.
    Sizlarning juda shinam va ko'ngilga hush keluvchi makoningizda o'tgan baxtiyor damlarimiz uchun minnatdormiz.
    Yulduza Mavlanova
    "La Sposa" to'y liboslari saloni asoschisi
    @yulduz_mav
    Family Studioni iliq va fayzli muhit uchun juda yaxshi ko'raman. Bu yerda bir necha yildan beri suratga tushaman, har safar har xil interyerda. Bu yerda menga eng yoqadigani va qayta-qayta kelishimga sabab bo'ladigani: qulaylik, fayz va a'lo darajadagi fotograflar. Ular kayfiyatni tasvirlay olishadi, bir biriga bo'lgan munosabatni ko'rsata olishadi, qaysi burchakdan suratga olishni bilishadi va katta tajribaga egadirlar. Men bu studiyani juda yaxshi ko'raman va biz suratga tushib farzandlarimiz bilan o'tgan eng yoqimli damlarimizni saqlab qo'yishimiz uchun shahar markazida shunday shinam joy yaratganingiz uchun minnatdorman.
    Anna Proxorova
    Shifokor-nevrolog
    @annaprohorova

      Umumiy xotiralar insonlarni yanada yaqinlashtiradi! Biz ularni oilaviy xotiralar qutichasida asrab qo'yamiz va hayotimizning muhim damlarini asrashda bizga yordam beradigan insonlarni tanlashga ham jiddiy yondashamiz. Oilaviy studiya tanlash haqida gap ketsa — shubhasiz Family Studio. Yorug', keng, shinam va eng muhimi, mehr va muhabbatga to'la. Xotiralarimiz uchun butun quvnoq oilamiz nomidan minnatdorchilik bildiramiz!
      Ishimiz haqida ko'proq izohlar o'qish uchun ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni ko'rib chiqing

      Eng ko'p beriladigan savollar
      Mehmonlarimizni qizitiradigan savollarni jamlab, ularga javob berdik
      Studiya zallarini kelib ko'rsa bo'ladimi?
      Ha, albatta! Studiya zali interyero bilan oldindan tanishib chiqishingiz mumkin. Zallarni ko'rish maqsadida suratga olishlar orasidagi tanaffus vaqtiga to'g'ri kelish uchun studiya administratori yoki menedjeri bilan oldindan kelishib olish zarur.
      Suratga olishga kuchuk/mushuk va boshqalarni olib kelsa bo'ladimi?
      Yo'q. Studiya har qanday hayvonlarni olib kirish taqiqlangan.
      Homiladorlik fotosessiyasi uchun ijaraga liboslar bormi?
      Ha. Bizda homiladorlik fotosessiyasi uchun ko'plab liboslar mavjud. Ijaraga beriladigan liboslarni ko'rib chiqish uchun Telegram botimiz orqali menejer bilan bog'laning.
      Fotosessiya uchun sovg'a sertifikati bormi?
      Ha. Studiyada doim fotosessiya uchun maxsus sovg'a sertifikatlari bor. Ularni har kuni 9:00dan 19:00gacha studiyadan olishingiz mumkin. Sovg'a sertifikati amal qilish muddati olingan kundan boshlab 6 oy.
      Suratga olishni 10 daqiqa oldin boshlab 5 daqiqa kechroq tugatsa bo'ladimi?
      Zallarimizda ketma ket suratga olishlar bo'lib o'tadi, shu sababdan u yerga aynan band qilgan vaqtingizda kira olasiz. Suratga olishni band qilingan vaqtdan 5 daqiqa oldin tugatishingiz kerak (bu juda muhim). Sababi siz yig'ishtirilib olishga ulgurishingiz va keyingi mijozlarni kuttirib qo'ymasligingiz kerak.
      Studiyada 1ta fotosuratga tushish mumkinmi?

      Yo'q, bitta surat TEZ olinmaydi! Studiya ijarasi uchun eng kam muddat - 1 soat. Studiyada "Mini" to'plami mavjud, davomiyligi - 30 daqiqa
      Fotosessiyaga ertaroq yozilib qo'ygan yaxshi. Buni qancha vaqt oldin qilish kerak?
      Eng ko'p buyurtmalar dam olish va bayram kunlari bo'ladi. Bunday kunlarda suratga tushishni istasangiz 1-2 hafta oldin yozilib qo'yishingiz kerak. Hafta kunlarida esa fotosessiyadan 5-6 kun oldin yozilsangiz ham bo'ladi.
      Fotosessiyaga nima olib kelish kerak?
      Eng avvalo yaxshi kayfiyat. Usiz hech nima qilolmaymiz. Bu bilan birga quyidagilarni ham oling:
      - Kiyimlar. Fotosessiya obrazlarini o'ylab qo'yish va kerakli liboslarni olib olish lozim. Oyoq kiyimlarni ham unutmang! "Home" va "Kinder" zallarida almashinadigan oyoq kiyimda bo'lish shart.
      - Kosmetika, soch uchun vositalar. Har xil obrazlarga har xil pardoz kerak bo'lishi mumkin. Yoki shunchaki pardoz yangilash kerak bo'ladi. Shuningdek soch uchun vositalar ham olish kerak: lak, gel va boshqalar.
      - Aksessuarlar. Qiziqarli suratlar yaratish uchun aksessuarlar muhim ahamiyat kasb etadi. Studiyamizda ko'plab aksessuarlar mavjud, ammo ular har doim ham to'g'ri kelavermaydi. O'zingiz bilan bosh kiyimlar, ro'mollar, taqinchoqlar, farzandingizning sevimli o'yinchog'i va boshqalarni olib oling.
      Bu muvaffaqiyatli fotosessiya uchun zarur bo'lgan buyumlar.
      Fotosuratlarni retush qilasizlarmi?
      Biz barcha suratlarda ranglarni to'g'irlash va terini silliqlash ishlarini o'tkazamiz. Bular suratda tabiiy ko'rinishingiz uchun yetarli deb hisoblaymiz. Retush xizmati (kamchiliklarni bartaraf qilish - ortiqcha hollar, jarohatlar, ajinlar va boshqalar) alohida narxga ega.
      Studiyani 30 daqiqaga ijaraga olish mumkinmi?
      Studiya ijarasi uchun minimal vaqt - 1 soat. Studiyani 1 soatga band qilib 30 daqiqa uchun boshqa qo'shimcha zalni ijaraga olishingiz mumkin.
      Savollaringiz qolib ketdimi?
      Iltimos, siz bilan bog'lanib savolingizga javob berishimiz uchun ismingiz va telefon raqamingizni yozib qoldiring.
      "Jo'natish" tugmasini bosib, siz shaxsiy ma'lumotlarningizni ishlab chiqish va saqlashga rozilik bildirgan bo'lasiz.
      Kontakt:
      Sizlarni studiyamizda kutib qolamiz. Yangi tanishuvlar va qiziqarli takliflarga doim tayyormiz.
      O'zbekiston, Toshkent, Abdulla Qodiriy ko'ch., 11A

      +998 97 7503706
      Kontakt:
      Sizlarni studiyamizda kutib qolamiz. Yangi tanishuvlar va qiziqarli takliflarga doim tayyormiz.
      O'zbekiston, Toshkent, Abdulla Qodiriy ko'ch., 11a