Eng avvalo yaxshi kayfiyat. Usiz hech nima qilolmaymiz. Bu bilan birga quyidagilarni ham oling:
- Kiyimlar. Fotosessiya obrazlarini o'ylab qo'yish va kerakli liboslarni olib olish lozim. Oyoq kiyimlarni ham unutmang! "Home" va "Kinder" zallarida almashinadigan oyoq kiyimda bo'lish shart.
- Kosmetika, soch uchun vositalar. Har xil obrazlarga har xil pardoz kerak bo'lishi mumkin. Yoki shunchaki pardoz yangilash kerak bo'ladi. Shuningdek soch uchun vositalar ham olish kerak: lak, gel va boshqalar.
- Aksessuarlar. Qiziqarli suratlar yaratish uchun aksessuarlar muhim ahamiyat kasb etadi. Studiyamizda ko'plab aksessuarlar mavjud, ammo ular har doim ham to'g'ri kelavermaydi. O'zingiz bilan bosh kiyimlar, ro'mollar, taqinchoqlar, farzandingizning sevimli o'yinchog'i va boshqalarni olib oling.
Bu muvaffaqiyatli fotosessiya uchun zarur bo'lgan buyumlar.